O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bo‘lim tomonidan 2025 yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 292 ta murojaatning 213 tasi hal etilib, shundan 92 tasi yoki 31.5 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 43.1 foiz) qanoatlantirilgan, 121 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 81 ta murojaatning 72 tasi hal etilib, shundan 38 tasi yoki 46.9 foizi qanoatlantirilgan, 34 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 4 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, 1 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 121 271 800 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.
Sho‘ba tomonidan hisobot davrida 952 703 000 so‘mlik 9 ta da’vo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, sho‘ba tomonidan 2025 yil birinchi choragi davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 11 ta taqdimnoma va 3 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada fuqarolar foydasiga 1 052 291 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 56 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 18 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar va 38 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.