Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2024-YIL 1-CHORAK SARHISOBI

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 58 ta murojaatlarning 54 tasi hal etilib, shundan 45 tasi  qanoatlantirilgan, 9 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahardagi 64 ta MFYlardan 22 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 945 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 4 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 3 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yil 1-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 20 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

2024-yilning 1-choragi davomida Qarshi shahar adliya boʻlimi tomonidan 32 ta tashkilotlarda huquqni qoʻllash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 4 ta oʻrganish, 21 ta monitoringlar oʻtkazilib, 1028 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati boʻyicha jami 17 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning koʻrib chiqilishi natijalari yuzasidan 2 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 mlrd. 955 mln. 905,0 ming soʻm pul mablagʻlari jismoniy shaxslarga undirib berilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jami 20 ta qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Boʻlim tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida 6 nafar shaxsga nisbatan maʻmuriy Maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma yoki maʼmuriy taklif rasmiylashtirilib, natijasiga koʻra 3 nafar masʻul xodim maʻmuriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 15 ta
451 mln 500,2 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jami 350 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 47 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 207 tasi og‘zaki, 31 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Qarshi shahar adliya

         bo‘limi boshlig‘i                                                   M.Eshnazarov

 



Рўйҳатга қайтиш