Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.01.2024

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan

        Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

        Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

        Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2023-yil davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 8 146 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 1 616 tasi yozma, 10 tasi elektron, 3 141 tasi ogʻzaki, 1 381 tasi veb-sayt orqali, 1 998 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 1 711 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi. 


Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar

2 472 taga (10 618 ta) yoki 23.3 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 8 146 ta murojaatlarning 3 957 tasi boshqarmaga,

4 189 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 3 957 ta (74 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 1 711 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 17 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 1 577 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,

3 449 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 441 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 7 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 20 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 114 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 285 taga (4 242 ta) yoki 7.8 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.


Kelib tushgan jami murojaatlarining 1 441 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 1 424 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 327 tasi notariat va advokaturaga oid, 236 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 212 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 122 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, 87 tasi inson resurslari sohasiga oid, 55 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 17 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 36 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.


Boshqarmaga 2023-yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 1 788 tasi shikoyat va 2 169 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 564 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 377 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 87 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 58 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,

55 tasi advokaturaga oid, 51 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 33 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 23 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 17 tasi soliq sohasiga oid va 12 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.


Hisobot davrida kelib tushgan 3 957 ta murojaatlarning 3 449 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 924 tasi yoki 22.9 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 26.8 foizi) qanoatlantirilgan, 2 525 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 36 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 77 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 448 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 20 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 114 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 74 ta ariza-shikoyat, shundan 17 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).

 


Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 113 ta 2 mlrd. 650 mln. 779 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 118 ta taqdimnoma, 25 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 12 ta hujjat bekor qilingan,

25 nafar shaxs maʼmuriy va 13 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 27 mlrd. 966 mln. 855 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro O.Muminova murojaat qilib, Qarshi shahar madaniyat bo‘limida ishlashini, biroq ish beruvchi tomonidan uning ishlashiga to‘sqinlik qilinayotganligi va ikki oydan buyon ish haqlari to‘lab berilmayotganligini bildirgan.

Mazkur holatlar o‘rganib ko‘rilib, fuqaroning manfaatini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga mehnat munosatbatlarini davom ettirishga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash, majburiy progul va ma’naviy zarar undirish haqida da’vo ariza kiritildi.

Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ish beruvchiga xodim O.Muminovani bajarib kelgan vazifasiga teng ish bilan ta’minlash majburiyati yuklanib, majburiy progul uchun 6,7 mln. so‘m ish haqi va ma’naviy zarar uchun 2 mln. so‘m tovon puli undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Fuqaro Sh.Norov ustama pullari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqilib, Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi (ro‘yxat raqami 3416, 2023-yil 16-yanvar) nizom talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, Qarshi tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi va taqdimnoma natijasida xodimga 6,7 mln. so‘m ustama pullari to‘lab berildi.

Fuqaro O.Islamovning yakuniy hisob-kitob puli kam to‘langanligi, foydalanilmay qolgan mehnat ta’tili, ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng uchunchi oy uchun o‘rtacha ish haqi to‘lanmaganligi va boshqa masalalar to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, fuqaroning to‘lanmay qolgan 16,4 mln. so‘m yakuniy hisob-kitob puli to‘latib berildi.

Fuqaro M.Boynazarov o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilganligi sababli o‘z lavozimiga tiklashda hamda Nishon tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining harakatlariga qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berish haqidagi murajaat qilgan.

Murojaat yuzasidan Nishon tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaldagi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga amal qilinmaganligi hamda bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli “boshqa ishga o‘tkazish” to‘g‘risidagi buyrug‘ini bekor qilish hamda M.Boynazarovni avvalgi ish joyiga tiklash chorasini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, M.Boynazarovning “boshqa ishga o‘tkazish” to‘g‘risidagi buyrug‘i bekor qilinib avvalgi ish joyiga tiklanib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, Nishon tumani obodonlashtirish boshqarmasi ma’sul xodimiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun tegishli hujjatlar to‘planib, ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritildi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 62 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 58 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 51 ta, jami 171 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 113 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 58 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 151 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 8 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 7 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 4 tasi notariat va advokaturaga oid, 1 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 91 tasi qanoatlantirilgan, 80 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 1 998 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 1 138 tasi qanoatlantirildi, 848 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 12 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2023-yil davomida davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2023-yil davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 4 189 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 3 349 tasi shikoyat, qolgan 840 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2 187 taga (6 376 ta) yoki 34.3 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.


Kelib tushgan 4 189 ta (oʻtgan yildan 48 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 3 971 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 3 003 tasi qanoatlantirilgan yoki 70,8 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 75,6 foizi) qanoatlantirilgan, 968 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 40 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 186 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 40 tasi qoldiq boʻlib qolgan.


Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:


Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Chiroqchi tumaniga 505 ta, Koson tumaniga 424 ta, Dehqonobod tumaniga 314 ta, Nishon tumaniga 303 ta, Shahrisabz tumaniga

299 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Qarshi tumaniga 185 ta, Shahrisabz shahriga 176 ta, Yakkabog‘ tumaniga 171 ta, Muborak tumaniga 137 ta, Mirishkor tumaniga 119 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan. 



Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 337 ta taqdimnoma, 932 ta 19 mlrd. 560 mln. 649 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 17 ta maʼmuriy va 1 ta ogohnoma kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 3 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 13 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 31 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 95 mlrd. 200 mln. 461 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yil davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 104 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 1 802 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 115 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 3 021 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 2 986 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 35 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 2 328 tasi qanoatlantirilgan,

620 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 30 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 49 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 32 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 38 ta murojaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar

1 939 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 235 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 55 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 50 tasi taʼlimga doir, 40 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 25 ta, kommunal toʻlovlar bo‘yicha 23 ta hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.  


Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “av.ijro.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;

5. Adliya bo‘limlari tomonidan “av.ijro.uz” dasturida ro‘yxatga olingan murojaatlar asosida hisobot tuzish, murojaatlarning turi, natijasini (qanoat, huquqiy tushuntirish, tugatish, tegishligiga ko‘ra yuborish) to‘g‘ri qayd etish, tegishli jurnallarda ro‘yxatga olish, ketma-ketligini buzmaslik kabi holatlarga jiddiy e’tibor qaratgan holda hisobot tuzish lozim boʻladi.

 

Rejalashtirish va

nazorat-tahlil sho‘basi



Рўйҳатга қайтиш