Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

QAMASHI TUMAN ADLIYA: 2023-YILNING 3 CHORAGI SARHISOBI

QAMASHI TUMAN ADLIYA: 2023-YILNING 3 CHORAGI SARHISOBI

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 3 choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 220 ta murojaatlarning 196 tasi hal etilib, shundan 144 tasi qanoatlantirilgan, 52 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda 17 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yilning 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 63 ta MFY larda 94 martta sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 2350 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etishgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 12 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 10 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yilning 3 choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 7 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 27 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yilning 3 choragi davomida jami 14 ta o‘rganish va 46 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 110 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1456 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 322 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 108 ta taqdimnoma, 37 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 78 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 2 433 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 19 799 036 800 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida kiritilgan 360 mln.so`mdan ortiq arizalar va da’vo arizalar sud tomonidan qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 3 choragi davomida jami 847 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 528 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 266 tasi og‘zaki, 53 tasi yozma va ko‘rgazmali hu


Рўйҳатга қайтиш