Янгиликлар
24
QAROR MAZMUN-MOHIYATI TARG'IB QILINMOQDA
QAROR MAZMUN-MOHIYATI TARG'IB QILINMOQDA
Ma’lumki, 2024-yil 16-aprel kuni "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazga xizmatdan foydalanish uchun tashrif buyurayotgan fuqarolar o‘rtasida ham mazkur qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib flaer va bukletlar tarqatilmoqda.
Shuningdek, markazdagi mavjud monitorlarda qaror mazmun-mohiyati aks etgan videoroliklar doimiy namoyish etib borilmoqda.
Eng muhimi, sodda va xalqchil tilda tayyorlangan targ‘ibot materiallari orqali aholi energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklardan xabardor qilinmoqda.