Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda


Qashqadaryo viloyatida istiqbolli kadrlarning boshqaruv va kasbiy faoliyati boʻyicha bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

Oʻquv mashgʻulotlari bugungi kun rahbar xodimlarining shaxsiy rivojlanishi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati”, “Jamoani shakllantirish va jamoa bilan ishlash”, “Zamonaviy rahbar maʼnaviyati”, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (EMSK) KPI asosida baholash” va boshqa shu kabi dolzarb mavzular boʻyicha boʻlib oʻtadi.

Tadbir yakunida, zaxira kadrlardan bilim va psixologik test sinovlari olinib, sinov natijalari tahlili asosida nomzodlarning kelgusi olti oy uchun belgilangan shaxsiy rivojlanish rejalari ishlab chiqilishi hamda ijrosini tizimli monitoring qilib borilishi belgilangan.