Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

QASHQADARYODA 102 YOSHLI OTAXONGA TUG'ILISH GUVOHNOMASI BERILDI


QASHQADARYODA 102 YOSHLI OTAXONGA TUG'ILISH GUVOHNOMASI BERILDI

Qarshi tumani  "Ko'chkak" mahallasida istiqomat qiluvchi Islom  ota Berdimurodov bu yil 102 yoshga qadam qo'ydi. Hayratlanarlisi shundaki, 8 nafar farzandni halol mehnat bilan voyaga etkazgan va ayni paytda 30 dan ortiq nabiraning sevimli bobosi – haligacha tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olmagan. To'g'risi, bugungi "xujjat gapiradigan" davrda ushbu holatni tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fakt!

"Biz yashagan zamonlar oddiy davrlar edi, – deydi Islom  ota Berdimurodov . – Oddiy dehqon bo'lganman,umrimning yarmi paxta dalasida o'tgan. Mana, bugungi zamonga kelib hamma joylarda hujjat so'rashyapdi."

Otaxonning ug'illari FHDY bo'limiga murojaat qilgandan so'ng Qarshi tuman FHDY  bo'limi tomonidan kerakli hujjatlar tayyorlanib,  Islom  ota Berdimurodovga 102 yil kechikib kelgan hujjat tantanali ravishda rasmiylashtirib berildi hamda sayyor tartibda fuqaroning yashash xonadoniga yetkazildi.