Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Qonunchilikdagi yangiliklar targ‘iboti olib borilmoqda


Qonunchilikdagi yangiliklar targ‘iboti olib borilmoqda

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng aholiga tushuntirish bo‘yicha barcha davlat organlari, idora va tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.   

Viloyatimizdagi tuman va shahar adliya bo‘limlari, DXM, YUXKM, FHDY bo‘limlari va notarius binolariga keluvchilarga infografikalar, buklet va slaydlar tarqatilib, videoroliklar ekranlarga joylashtirildi.

Xodimlar tomonidan   fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gazning tariflaridagi o‘zgarishlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib,  manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.