Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

ADLIYA BOG'IGA NIHOLLAR EKILDI


Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda qu‘yi tizimlari xodimlari ko‘chat ekib, hududlarni obod qilish harakatida yeng shimardilar. 

Qarshi tumani "Chaman" MFY hududidan ajratilgan salkam 70 sotix  yer maydonida “Adliya bog‘i” tashkil qilindi. 

— Hamjihatlikda hikmat ko‘p, bu jamoa ahilligini, birdamligini hamda ishga bo'lgan ishtiyoqni ko'rsatadi, — deydi Qarshi  shahar adliya bo'lim boshlig'i Murod Eshnazarov.

Chindan ham, ushbu xayrli tashabbus ko‘ngildagidek bajarilishida jamoaviy birdamlik juda  muhim.

Shu kuni “Adliya bog‘i”ga hashar yo‘li bilan 2000 dan ortiq atirgul ko'chatlari hamda 2000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.