Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

STATISTIKA XODIMINING 28 900 000 SO'MLIK USTAMA PULLARI UNDIRIB BERILDI


STATISTIKA XODIMINING 28 900 000 SO'MLIK USTAMA PULLARI UNDIRIB BERILDI

   Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X. Abdullayev Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga ustama pullari to'labʻ berilmayotganligidan norozi bo'lib murojaat qildi.

Ma'lum bo'lishicha fuqaro X. Abdullayev shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-fevraldagi PF5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 7-bandi g-kichik bandida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, fuqaro X. Abdullayevning ish haqi mutanosib ustama pullari hisoblanganda 2023-yil yanvar oyidan noyabr oyiga qadar bo‘lgan ustama haqi miqdori 18 920 392 so‘mni tashkil etishi aniqlandi.

Shuningdek, xodim X. Abdullayevning ustama pullarini to'lab berilishi haqida Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasiga joriy yilda so‘rov xati kiritilganda, boshqarma tomonidan ustama pullarini to'lab berilmasligi ma’lum qilingan.

Adliya aralashgach: O zbekistonʻ Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188-191-moddalariga muvofiq  javobgar Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi hisobidan davogarʼ X. Abdullayevning foydasiga 18 920 392 (o‘n sakkiz million to‘qqiz yuz yigirma ming uch yuz to‘qson ikki) so mʻ ustama pullarini va ma’naviy zarar uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘mni undirish haqida sudga davo arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro X.Abdullayevning foydasiga 28 900 000 so'm ustama pullari undirib berildi.





Report content on this page