Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

ADLIYADA NAVROʻZ


ADLIYADA NAVROʻZ 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Xalqimizning azaliy qadriyatlari, urf-odatlari va milliyligini o'zida aks ettirgan Navro'zi olam Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida ham keng nishonlandi. 

Tadbirni boshqarma boshlig‘i S.Nuriyev ochib, barcha xodimlarni yangilanish, yasharish, go‘zallik va nafosat bayrami bilan muborakbod etdib, viloyatda huquqni qo'llash sohasida qator yutuqlarga erishgan tizim xodimlari alohida e'tirof etildi.

Tadbir davomida samarali mehnat qilgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarayotgan, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan 4 nafar xodimlar Adliya vazirining faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.

Shu bilan birga bir qator tizim xodimlariga ham boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig'lari topshirildi.