Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

AKSIYA OLIS HUDUDLARGA HAM YETIB BORDI


#adliya_aksiya

AKSIYA OLIS HUDUDLARGA HAM YETIB BORDI

Kitob tuman markazidan 80 km uzoqlikda  joylashgan "Kuxsor" mahalla fuqarolar yig'ini tumanning  olis tog'li hududi hisoblanadi. 

Tog'liklar kerakli yumush bilan tuman markaziga har doim ham bora olishmaydi. Ba'zida uzoq masofa sabab bo'lsa , ba'zida ob - havoning noqulayligi xalaqit beradi.

"Kuxsor" qishlog'ida yashovchi Xomidovlar oilasi shu kunga qadar sha'riy nikohda yashab kelayotgan edi. Vaqtida olinmagan nikoh hujjati sababli tug'ilgan farzandlariga ham guvohnoma olisholmadi.

Kitob tuman FHDY bo'limi tomonidan o'tkazilgan xatlovlar jarayonida holat aniqlanib,  fuqarolar U.Xomidov  va N.Xoliqulovalarning nikohi rasmiylashtirib berildi hamda  bir nafar farzandlarining tug'ilish guvohnomasi ham yashash manziliga sayyor tartibda yetkazildi.

Aksiya davom etadi!