Янгиликлар
13
HUQUQIY AXBOROT KUNI
HUQUQIY AXBOROT KUNI
Xabaringiz bor haftaning har chorshanba kuni "Huquqiy axborot kuni" etib belgilangan.
Shunga ko'ra, joriy yilning 13-mart kuni Qarshi shahridagi Abdulla Oripov ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchi yoshlarga "Huquqiy axborot kuni" loyihasi doirasida ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ'ibot tadbirida yoshlarga atrof muhitni himoya qilish, hayvonot olami , o'simliklarga zarar bermaslik, yashil makon doirasida ko'chat ekishni jadallashtirish haqida tushunchalar berildi.
Shuninindek, atrof muhitni asrash barcha fuqarolarning burchi ekanligi takidlandi.
Targ'ibot tadbirida o'quvchi yoshlarga Yuridik texnikum o'quvchilari tomonidan huquqiy vektorina ham o'tkazildi.
Shu kuni fuqarolar o'rtasida ham huquqiy viktorina o'tkazildi.