Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Yoshlar bilan tizimli ishlashni tashkil qilish holati o‘rganilmoqda


Yoshlar bilan tizimli ishlashni tashkil qilish holati o‘rganilmoqda

Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyatida yoshlar bilan tizimli ishlashni tashkil etish holati o‘rganilmoqda. 

Ishchi guruh tomonidan mahallalarida yoshlar bilan ishlash jarayoni, shtab faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha maqsadli rejalari bilan tanishilmoqda.

Mahalla yettiligi, xususan yoshlar yetakchisi bilan uchrashib, biriktirilgan yoshlarni toifalarga ajratish, ayniqsa, “qizil” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.

Mahalla yoshlari bilan muloqotda bo‘lgan mas’ullar ularning bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish barobarida, yoshlarning muammo va takliflarini ham tinglab borishmoqda.