Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ZAKOVAT




“ZAKOVAT” intellektual o'yini g'oliblari taqdirlanishdi.

Intellektual o'yinda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining “Erudit”, tuman (shahar) adliya bo'limlarining "Nasaf", davlat xizmatlari markazlarining "Intellelikt" jamoasi, yuridik texnikumning "Texnikum" hamda  yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining "Yuristlar" nomli jamoalari o‘zaro 2 bosqichda bellashdilar.

Qizg‘in bellashuv davomida jamoalarning bilim salohiyati "Zakovat intelektual klubi" nodavlat notijorat tashkiloti Qashqadaryo viloyati  kordinatori   tomonidan baholab borildi.

Ishtirokchilarga “ZAKOVAT” intellektual o‘yinida faol ishtirok etganligi uchun diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'yin yakunlariga ko'ra:

1-o'rin – 3.000.000 so'm tuman (shahar) Yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining "Yuristlar" jamoasiga;

2-o'rin – 2.5000 so'm Tuman (shahar ) adliya bo'limlarining  "Nasaf" jamoasiga

3-o'rin uchun – 2 000.000 so'm Yuridik texnikumning "Texnikum" jamoasiga nasib etdi.