Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Vazir o'rinbosari Qashqadaryodagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazdi.


#Adliya_hudud

Vazir o'rinbosari Qashqadaryodagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazdi.

Joriy yilning 23 - fevral kuni Adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov ishtirokida Ko'kdala tumanining “Guliston” mahallasida manzilli targ'ibot tashkil qilindi.

Uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan muammolar, huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatni shakllantirish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish maqsadiga qaratildi.

Targʻibot doirasida mahalla yettiligi hamda faollar ishtirok etishdi.
Shuningdek, mahalla yettiligi bilan kelgusidagi amalga oshirilayorgan ishlar kelishib olindi.

Vazir o'rinbosari xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, kommunal toʻlovlar, yer munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, nafaqa olish, uy-joy uchun subsidiya olish, pensiya taʼminoti masalalari boʻyicha aholiga tushuntirishlar berdi.