Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qashqadaryodagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.


#Adliya_hudud

Qashqadaryodagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 21-fevral kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Koson” va “Bogʻishamol” mahallalarida sayyor qabul hamda targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbir aholini qiynab kelayotgan muammolar, huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatni shakllantirish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish maqsadiga qaratildi.

Targʻibot doirasida ishchi guruh xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, kommunal toʻlovlar, yer munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, nafaqa olish, uy-joy uchun subsidiya olish, pensiya taʼminoti masalalari boʻyicha aholiga tushuntirishlar berdi. Shu kuni 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ishchi guruh tomonidan oʻrganilgan boʻlsa, 6 nafar fuqarolarning murojaatlariga ijobiy hal etildi.