Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

QASHQADARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Boshqarmada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘ini O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov o‘qib eshittirdi.

Nuriyev Saloxiddin Samadovich 1981-yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2001-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini, 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi vazifalaridan boshlagan. 2006–2010-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan manitoring qilish markazi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, 2010–2014-yillarda Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining boshligʻi, 2014- 2018-yillarda Namangan viloyat, 2018-yil Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

S.Nuriyev 2019-yildan buyon  Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.