Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

HAR BIR SOHA MA’SULLAR NAZORATIDA!


Bugun tuman hokimligi ma’sullari T.Ergashova, O.Normurodov, tuman DXX xodimi S.Badalov, tuman FHDYO bo‘limi mudirasi O.Ashurova hamda tuman bosh imom xatibi X.Xonimovlar hamkorligida tumandagi “Tanga orom” jome’ masjidida masjid imomlari va uning noiblari ishtirokida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, shuningdek, sha’riy nikohlarni oldini olish, yoshlarni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida ma’sullar tomonidan tumanda diniy mutaassiblikka berilib ketishning oldini olish, mahallarda qonuniy nikohdan o‘tmagan yosh oilalarni sha’riy nikohi o‘qilayotgani oqibatida oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi va ushbu sohadagi ishlarni tartibda solish to‘g‘risidagi qonun talablari tushuntirildi.