Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"QIZIL" HUDUDDA TARG‘IBOT TADBIRI


Bugungi kunda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “mahallabay” huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi tadbir Shahrisabz shahridagi qizil toifaga kiruvchi “Sinabog‘” MFY aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman adliya bo'limi, tuman IIB xodimlari, MFY yettiligi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab mahallada sodir etilgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib,  ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, kiberxavfsizlik kabi jinoyatlar va bu jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari, korrupsiya va odam savdosi jinoyatlarining ayanchli oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.