Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

G‘UZOR TANDIR GO‘SHTI” - GEOGRAFIK KO'RSATGICH SIFATIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI


Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda, turizm salohiyati kengaymoqda va respublikamizning har bir hududining o‘ziga xos tabiati va an’analari mavjud bo‘lib, ularni jahon miqyosida mashxurlikka erishishida albatta hududiy brendlarni rivojlantirish va uni shu hudud bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda intellektual mulk obektlarning bir turi bo‘lgan geografik ko‘rsatkichlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra tovarni muayyan geografik ob’ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 8-yanvar kuni “G‘UZOR TANDIR GO‘ShTI” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya’ni G‘uzor tuman hokimligiga guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi.

Xulosa qilib aytganda, geografik ko‘rsatkichlar sonini oshishi hududlarga turistik oqimining ko‘payishiga, “gastronomik turizm”ni rivojlantirishga va umuman, hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga yordam beradi.