Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga


⚠️ Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

 

 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

 

 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – havola (https://lex.uz/uz/docs/3796969).

 Diniy tashkilotlar uchun – havola (https://lex.uz/docs/4089832).

 

 Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish soʻraladi.

 

 Eslatma: MJtKning 239-moddasiga (https://lex.uz/docs/97664#:~:text=239-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.%20%D0%9D%D0%BE%D0%B4%D0%B0%D0%...) asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, oʻz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

 

 Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon raqamlari:

 

● Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 88-130-11-00, 97-263-68-88;

● Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-306-45-54;

● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 91-486-07-06;

● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 93-474-05-05;

● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 90-180-98-10;

● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 97-388-07-00;

● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 91-337-92-68;

● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-367-59-00;

● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20;

● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-622-22-99;

● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 93-193-07-55;

● Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi – 97-337-06-78;

● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-967-65-64;

● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 97-420-33-00;