Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

NORMA IJODKORLIGI: AMALIYOT VA MUAMMOLAR



NORMA IJODKORLIGI: AMALIYOT VA MUAMMOLAR 

Qashqadaryo viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida mahalliy davlat hokimiyati organlari, viloyat, tuman (shahar) tizimlarida faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar ishtirokida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartiblari boʻyicha bilim hamda malakalarini oshirish maqsadida amaliy seminar mashgʻulot tashkil etildi.

Seminarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartiblari, oʻtgan davr mobaynida qaror loyihalarini tayyorlash hamda norma ijodkorligi sohasida yoʻl qoʻyilgan tizimli kamchiliklar, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.