Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

YANGI YILGA YAXSHI SOVG'A


YANGI YILGA YAXSHI SOVG'A

Koson tumanining “Istiqlol” mahallasi tuman markazidan  45-50 km uzoqlikda joylashgan bo’lib fuqarolar har doim ham markazga bora olishmaydi.

Koson tuman adliya boʻlimi (DXM,hamda FHDY) xodimlari  tomonidan mahallarda sayyor qabullar tashkil qilingan edi. 

Sayyor qabullar davomida ushbu hududda yolg’iz yashovchi 78 yoshli Ochilova Oyzira momo xonadoniga tashrif buyurib qariyani xolidan xabar olindi.

 Shu kunga qadar Oyzira momoning hujjati yo’qligi,shu sababdan yolg'iz ayol davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan ham foydalanmayotganligi  aniqlandi hamda adliya  bo’imi tomonidan ish yurituviga olingan edi. 

FHDY bo’limi tomonidan arizalar olindi va fuqaroning murojaati sud tartibida ko'rib  chiqildi, barcha kerakli hujjatlar to'planganddan so'ng  fuqaroning tug'ilganlik guvohnomasi o'z egasiga sayyor tartibda topshirildi.

Endi Oyzira momo ham boshqalar kabi nafaqa ola boshlaydi. - "Yangi yil bayramida haqiyqiy sovg'a bo'ldi" deydi: fuqaro xursand bo'lib.