Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya boshqarmasi va adliya bo'limlari rahbarlari tomonidan tuman (shahar)larda ochiq muloqot tadbirlari o'tkazish davom etilmoqda


Qamashi tumanidagi 6-sonli bolalar musiqa maktabida tumandagi yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlari, jumladan tuman XTB, umumta’lim maktablar, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa davlat tashkilotlari taxbarlari, kadrlar bo‘yicha menejerlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Qamashi tuman Аdliya bo‘limi boshlig‘i X.Xayitov tadbir ishtirokchilarini tanishtirib, tadbirning maqsadi haqida tushuntirish berib, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Xudoyqulov va boshqarmaning mas'ul xodimi S.Turapovlarga so‘z navbatini berdi.



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Xudoyqulov va boshqarmaning mas'ul xodimi S.Turapovlar Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlari faoliyatlarida uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklar va ularni barataraf etish borasida tushuntirish va tegishli tavsiyalar berdi.




Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar, tizim bilan bog'liq muammolar va e-huquqshunos bilan ishlash tartibi haqida batafsil tushuntirish berildi.






Tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashktlotlarida uchrayotgan ayrim muammoli masalalar bo‘yicha berilgan savollarga asoslantirilgan batafsil tushuntirishlar berildi.




Shuningdek, umumta’lim maktablarida xujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muddatlar yuzasidan berilgan savollarga asoslantirilgan tushuntirishlar berildi.