Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

G'uzor tuman YXKM tomonidan navbatdagi yozma va ko'rgazmali huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.


Joriy yilning 08-noyabr kuni G'uzor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli davlat umumiy o'rta ta'lim maktabida, maktabning pedagog va ishchi xodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.




Tadbirda yuridik xizmat ko'rsatish xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi PQ-5168-sonli va 2022 yildagi PQ-173-sonli qarorlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.




Shuningdek, tadbirda Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yildagi VM-425-sonli qarori, VM-275 sonli qarori, VM-312 sonli qarorlari mazmun-mohiyati to'g'risida amaliyotda bo'lib turgan misollar asosida keng tushuntirish ishlari olib borildi.




Bundan tashqari, ushbu targi'bot ishtirokchilariga yozma va ko'rgazmali tarzda olib borilib, videoroliklar asosida keng tushuncha berildi. Tadbir so'ngida pedagog va ishchi xodimlarning o'zlarini qiziqtirgan mehnat, ta'lim va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan berilgan savollariga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati