Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Advokatlik faoliyatini elektron litsenziyalash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;

▫️ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:

▫️O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;

▫️oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;

▫️yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;

▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;

▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.

Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Tanlangan har bir ixtisoslik bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak.

Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi.

Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi

Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.

Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.  

Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.


                                               Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati