Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida tadbir


Joriy yilning 29-sentyabr kuni boshqarmaning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi mas’ul xodimi N.Sattarova, “Yurt tarovati” gazetasi bosh muxarriri N.Ibragimovalar hamda “Yosh huquqshunoslar” targ‘ibot guruhi tomonidan Sayida Nasafiy nomidagi Kashkadaryo viloyat axborot kutubxona markazida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kashkadaryo akademik litseyi va Yuridik texnikumi o‘quvchilari hamda Sayida Nasafiy nomidagi Kashkadaryo viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, fribgarlikning oldini olish va undan himoyalanish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va javobgarligi, “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo va yechimlar” mavzularida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida “Yurt tarovati” gazetasi bosh muxarriri N.Ibragimova tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart sharoitlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ishtirokchilarning berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.