Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya aralashgach


Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinikasi xodimlari K. Karimova va S. Azimovalarning bola parvarishi ta’tilidan qaytganidan so‘ng ishga tiklanmayotganliklaridan norozi bo'lib Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga  murojaat qiladi.

Mazkur murojaat o‘rganib ko‘rilganda, fuqaro K. Karimova va S. Azimovalar bola parvarishi ta’tilidan qaytganidan so‘ng poliklinika va shahar tibbiyot birlashmasi rahbarlariga bir necha bor murojaat etsalarda, o‘z ish joylariga tiklanmayotganliklari aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasida Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanishi belgilab qo‘yilgan.

Biroq, Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinikasi tomonidan hozirda poliklinikada bo‘sh ish o‘rinlari yo‘qligi haqida ma’lumot berilgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yuqoridalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan tibbiyot xodimlari qayta  ishga tiklandi.

  Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1984-moddasida adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi belgilangan.



                                                                                                 Inson huquqlari bo'limi