Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bolalar o'z huquqlarini bilishadimi ?


Qashqadaryo viloyat Adliya  boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan 11-sonli umumta’lim maktabining 4-5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalari, kundalik hayotda qo‘llashga mo‘ljallangan boshlang‘ich huquqiy bilimlar to'g'risida ochiq muloqot tashkil etildi.

Xususan, Konstitutsiyani o‘rganishga doir ilk tushunchalarini berib borish va “bolahuquqlari.uz” huquqiy axborot portalidan bolalar va yoshlarning keng foydalanishi hamda “Street law” "Oddiy huquq” loyihasi doirasida o‘quvchilarga yo‘l xarakati qoidalari va boshqalar haqida tushuntirish berildi hamda o‘quvchilarga “Hayotiy muhim masalalar bo‘yicha” huquqiy qo‘llanmalar tarqatildi.

Shuningdek, umumta’lim maktabining o‘qituvchilariga majburiy mehnat va uning huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berib o'tildi.