Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Siz qayerda bo'lsangiz biz o'sha yerga borib xizmat qilamiz


Kitob tumanining "Kuxsor" mahalla fuqarolar yig'ini tumanning olis va tog'li hududi hisoblanadi.Qariyib tuman markazidan 55 km uzoqlikda joylashgan hudud aholisi har doim ham markazga aborib kelishlariga imkoniyati yo'q.

Shu sababli Kitob tuman Adliya bo'limi, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda hokim yordamchisi hamkorligida tuman markazidan 55 km uzoqlikda joylashgan "Kuxsor" MFY xududidagi "Jovuz" qishlog'ida "O'zimiz keldik" tamoyili asosida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda jami 39 kishi ishtirok etib shundan, 2 ta fuqaroning murojaati Adliya bo'limi tomonidan ish yurituviga olindi, 9 ta fuqaroga DXM tomonidan  sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, 19 ta fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.Mahallalardagi xonadonlarga tashrif buyurib,aholini qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.