Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmatlarini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilishi uchun to‘langan to‘lovlar qanday holatlarda qaytariladi?


Hukumatning 597-son qarori bilan tasdiqlangan Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:

Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va so‘ralayotgan hujjatning aniq ma’lumotlari ko‘rsatilgan taqdirda (hujjat nomi, hujjatning mazmuni, qaysi organ tomonidan qabul qilingan, sanasi va raqami), arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ikki ish kunida bajarilib, mazkur belgilangan narxlarga 50 % qo‘shimcha haq undirilishi;

Agar davlat xizmatini tezkor bajarish bo‘yicha mas’ul davlat arxivi tomonidan ikki ish kunida davlat xizmati ko‘rsatilmasa, belgilangan narxga to‘langan 50 % qo‘shimcha haq 2 ish kuni davomida mas’ul davlat arxivining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Buning uchun fuqarolar hududiy adliya boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati orqali:
evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish;
turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash;
mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish;
alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo'yicha ma'lumotnomalarni olish mumkin.