Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

TANLOV G'OLIBLARIGA 175 MILLIONLIK MUKOFOT PULLARI UNDIRIB BERILDI.


Shahrisabz shaxar adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 9-sentabrdagi "Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillari o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'rsida"gi 562-son qarori talablariga rioya etish ahvoli tahlil qilindi.

O'tkazilgan tahlil jarayonida shaxar xalq ta' limi bo'limi tomonidan mazkur qaror bo'yicha shahar miqyosida joriy yilda "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha "Eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi bosqichi o'tkazilgan bo'lsada, shahar miqyosida birinchi o'rinni egallagan 1 1-sonli maktabga 100 mln so'm, ikkinchi o'rinni egallagan 6-sonli maktabga 75 mln so'm eng yaxshi maktablarga jami 175 million so'm bir martalik mukofat pullari to' lab berilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 - yil 9-sentabrdagi "Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini jory etish to'g'rsida"gi 562-son qarorining 2-bandida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni 2021-yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga ajratilgan mablag'lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Xalq ta'limi vazirligi tomonidan taqdim eliladigan talabnomaga  asosan O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qo'llaniladi.

Adliya aralashuvi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori ijrosi yuzasidan kiritilgan taqdimnoma natijasida shahar XTB tomonidan shahardagi birinchi o’rinni egallagan 11-sonli maktabga 100 mln so’m, ikkinchi o‘rinni egallagan 6-sonli maktabga 75 mln so’m jami 175 million so’m bir martalik mukofat pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi