Янгиликлар
23
O'ZIMIZ KELDIK!!!
Ma'lumki, mahalliy aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo'yicha viloyat adliya boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar bilan qo'shma qaror imzolangan.
Chiroqchi, va Kitob tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahallalardagi davlat ro'yxatidan o'tmagan tadbirkorlik sub'yektlarini ro'yxatdan o'tkazish hamda qayta ro'yxatdan o'tkazish maqsadida sayyor xizmat tashkil etildi.
Tadbirlar davomida jami, 16 ta MCHJ, 10 ta YATT davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi bor fuqarolarga tushunchalar berildi. Mahalladagi tadbirkorlarga yangi qabul qilinayotgan qonunlarni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga huquqiy savodxonliklarini oshirish maqasadida tegishli maslahatlar berilib, davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish yuzasidan tushuntirishlar berildi