Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

HAMSHIRA IMTIYOZLI NAFAQA TAYINLANADIGAN BO'LDI


Kitob tumani Palandara MFY Vatkana qishlog‘ida yashovchi fuqaro Nazira Raxmatova 1993-yildan buyon "Ibn Sino" nomli viloyat sil kasalliklari sanatoriyasida hamshira bo‘lib ishlab keladi. Fuqaro imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqishi uchun zararli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlik faktini sud orqali belgilatishni tashkillashtirishda Kitob tumani adliya bo‘limiga amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Kitob tuman adliya bo‘lim tomonidan kiritilgan ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaro N.Raxmatovaning "Ibn Sino" nomli viloyat sil kasalliklari sanatoriyasida hamshira bo‘lib ishlagan davri zararli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlik fakti belgilandi.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi