Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O'ZIMIZ KELDIK


Kitob tuman Adliya bo'limi, tuman Davlat xizmatlari markazi  hamda tuman xokim yordamchisi bilan hamkorlikda tumandagi "Xo'jailmkoni" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul va sayyor xizmat o'tkazildi. 

Qabul davomida tuman Adliya bo'limi tomonidan 3 ta murojaat ish yurituviga olindi va DXM xodimlari tomonidan 11 ta fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatildi. 

Shundan 6 ta fuqaro JSHSHIR olgan  bo'lsa, 3 ta fuqaroning farzandlarini maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish bo'yicha murojaatlari qabul qilindi, 2 nafar fuqaroning nafaqa miqdori to'g'risidagi ma'lumotlari olib berildi.

Qabul davomida shu hududda noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga qonuniy faoliyat olib borishlari yuzasidan DSI xodimi tomonidan tushuntirib  o'tildi.