Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Kitob tumanida 31 yoshli qizga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma berildi


Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish bugun har bir davlat xizmatchisining vazifasiga aylanib bormoqda.

Kitob tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limiga tumandagi "Beshterak" MFYda yashovchi B.Boboqulovdan murojaat kelib tushdi. U 31 yoshli qizi G.Egamberdiyevaga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma ololmayotganligini, bir necha yil davomida ko'plab idoralar eshigini taqqillatganligini, ammo ish hal bo'lmayotganligini bildiradi. Fuqaro tomonidan qilingan murojaat FHDYO bo'limi xodimlari tomonidan atroflicha o'rganib chiqilganda qizning ota-onasi o`z vaqtida qonuniy nikohdan o`tmaganligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda uning murojaati mutaxassislar tomonidan ijobiy hal qilinib, FHDYO  Kitob tumani bo`limining huquqiy va amaliy ko'magi bois, qizining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.