Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya xabari


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “Shopaholic / Шопаҳолик”  xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan savdo do`koni peshtoqida “Shopaholic” so‘zidan  (2021-yil 20-oktabrda fuqaro Yuldasheva Taxmina Yunusovnaga “Shopaholic / Шопаҳолик” jamlanma ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun MGU 42473-sonli  guvohnoma berilgan va huquqiy muhofazaga ega) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “Shopoholic” soʻzi bino peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.