Янгиликлар
09
SAYYOR XIZMATLAR
Joriy yilning 8 sentabr kuni Koson tuman davlat xizmatlari markazi hamda MFY larning hokim yordamchilari bilan hamkorligida tumannning Saripul,Regzor,Mash'al mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lishib, tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar qonuniy tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi bo'yicha huquqiy tushuntirish hamda sayyor xizmatlar tashkil etildi.
Gap shundaki, olib borilgan tushuntirish va targ'ibot ishlari natijasida bir kunning o'zida, sayyor tartibda 5 nafar fuqaro tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazildi, 20 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Buning natijasida, fuqarolarni qonuniy ish bilan ta'minlanishiga, mahalliy byudjetga soliq tushumlarining oshishiga va qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishiga zamin yaratildi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, bu kabi sayyor xizmatlar Koson tumanining har bir tadbirkorlik sub'yektlarida davom etib kelmoqda.