Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya xabari


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “Rich man”  xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan kiyim-kechaklar savdo do‘koni peshtoqida “RICH MAN” so‘zidan  (fuqaro M.M.Solixovga “Rich man” jamlanma ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun MGU 43141-sonli guvohnoma berilgan va huquqiy muhofazaga ega) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “RICH MAN” soʻzi savdo doʻkoni peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.