Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Elektron raqamli imzosiz ham davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligidan xabardormisiz?


Xabaringiz bor Respublikamizda davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun elektron davlat xizmatlari koʻrsatish koʻlamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shubhasiz, ushbu jarayonda eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillar bekor qilinib, innovatsion mexanizmlar joriy etilmoqda.

Joriy yilning 30-avgust kuni Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror elektron shaklda foydalanish mumkin boʻlgan davlat xizmatlari boʻyicha aholimizning idorama-idora sarson boʻlib yurishini oldini olishga xizmat qiladi hamda turli ovoragarchiliklarga va xizmatdan foydalanish uchun tashkilotlarda uzundan-uzoq navbat kutib turishiga chek qoʻyadi.

Aholimizga tushunarli boʻlishi uchun shuni maʼlum qilamizki, mobil-ID tizimi shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.