Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya xabari


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “Каблучок”  xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Shahrisabz shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan  savdo do‘koni peshtoqida “Каблучок”  so‘zidan  (fuqaro Li Luiza Aleksandrovnaga “Каблучок” so‘z ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun MGU 31617-sonli guvohnoma berilgan va huquqiy muhofazaga ega) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “Каблучок” soʻzi savdo doʻkoni peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.

Hurmatli tadbirkorlar, oʻz faoliyatingiz davomida oʻzgalar tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisidan noqonuniy foydalanish holatlariga yoʻl qoʻymang! Oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.