Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya xabari


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida "AVTORITET" xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan  avtomashinalar ehtiyot qismlari do`koni peshtoqida “AUTORITET” so‘zidan ("TEXNIK DIZEL SERVIS" MChJga “AVTORITET / АВТОРИТЕТ” so‘z ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun MGU 33076-sonli guvohnoma berilgan va huquqiy muhofazaga olingan) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “AUTORITET” soʻzi va belgisi savdo doʻkoni peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.

Hurmatli tadbirkorlar, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.