Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ajrimlar oldini olish maqsadida ishchi guruh xonadonlarda


Joriy yilning  29-avgust kuni ishchi guruh Koson tumanidagi “Mesit'', ''Nartichuqur”, va “Nartibaland” mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lib, mahallada oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida yarashtirish komissiyalarning faoliyati o'rganib chiqilib, bu borada yarashtirish komissiya a'zolariga oilaviy ajrimlarni oldini olish va kamaytirish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, ishchi guruhi “Mesit” mahalla fuqarolar yig'inida ajrim yoqasiga kelib qolgan kelin va ko'yovlarning xonadoniga tashrif buyurishib, oilaviy ajrim sabab va shart-sharoitlari o'rganilib, ularni yarashtirish borasida tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. 

Ishchi guruhi xodimlari tomonidan viloyatning boshqa tuman (shahar) larida ham o'rganish ishlarini olib borilishi belgilangan.