Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi davom etmoqda….


Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-avgust – 15-sentabr kunlari “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi e’lon qilindi.

Shunga ko‘ra, boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulkka bo‘lgan qonuniy huquqlariga rioya etilishi, shuningdek xususiylashtirilgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining noqonuniy olib qo‘yilishi holatlari, turar va noturar bino-inshootlarini egasiz deb topilishi haqida joylarda keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Chiroqchi, Ko‘kdala, Dehqonobod, Qamashi tumanlari va Qarshi shahar shuningdek, boshqa tumanlarda ham aksiya doirasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Murojaatlar Bo‘limlarning ish yurituviga qabul qilinmoqda.