Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kosonlik aka - singgillar hujjatlarini sayyor tarzda olishdi


Aholining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, ularni bugungi kundan rozi bo'lib yashashlarini taʼminlash davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Koson tuman Davlat xizmatlari markazi hamda tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shulardan biri chekka hududlar aholisiga ko'rsatilayotgan mobil (sayyor) davlat xizmati hisoblanadi. 

Koson tumanidan 40 km uzoqlikda joylashgan  Andabozor qishlog'ida yashovchi Avazbek Raxmonov 15 yoshda singlisi  Flora Raxmonova esa 13 yoshda ular xali tug'ilganlik guvohnomasini olishmagan. FHDY bo'limi tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda  aniqlangan ushbu holat yuzasidan "O'zimiz Kedik" aksiyasi doirasida bolalarning tug'ilganlik guvohnomalari sayyor tartibda topshirildi.