Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O'Z-O'ZIGA XIZMAT KO'RSATISH BURCHAKLARI QULAY VA TEZKOR


Aholiga davlat xizmatlarining yuqori sifatda ko'rsatilishi, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma'muriy to'siqlarning oldini olmoqda.

Ayni kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali 170 dan ortiq xizmatlar ko'rsatilmoqda. Aholini ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etish maqsadida — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali jismoniy va yuridik shaxslarga 300 dan ortiq elektron davlat xizmatlari taqdim etilmoqda.


Bugun deyarli har bir odamning qo'lida mobil aloqa vositasi bor. U orqali ko'plab saytlarga, telegram kanallarga kirib ma'lumotlar olish qiyin emas. Siz uyda, ish joyingizda yoki safarda bo'lsangiz ham my.gov.uz platformasi orqali ancha-muncha ishingizni bitkazib olasiz. Bunda ham vaqtdan, ham naqddan yutasiz. Sababi, xizmatlardan foydalansangiz yo'l xarajati sarflamaysiz, my.gov.uz orqali xizmatlardan foydalanishda 10 foizlik chegirma ham mavjud.


Qarshi shahridagi  Davlat xizmatlari markazida aholi uchun ko'plab qulayliklar yaratilgan bo'lib, ulardan biri o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish joylarining tashkil etilganligidir. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish joylari barcha jihozlar bilan ta'minlanib internet tarmog'iga ulangan. Agarda sizga mutaxassislar ko'magi zarur bo'lsa, albatta ular yordamga keladi. Kompyuter savodxonligi va my.gov.uz portalidan foydalanish ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Davlat xizmatlari markazlarida tashkil etilgan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish burchaklari sizga eng yaqin ko'makchi bo'ladi.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi