Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Natija


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida "GIORGIO ARMANI" xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Shahrisabz shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan  kiyim-kechak do‘koni peshtoqida “ARMANI” so‘zi va belgisi “GIORGIO ARMANI” S.P.A, (Via Borgonuovo, 11 1-20121 Milano (IT))ga tegishli huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan “GIORGIO ARMANI” jamlanma ko‘rinishidagi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etsh toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “ARMANI” soʻzi va belgisi savdo doʻkoni peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.

Hurmatli tadbirkorlar, oʻz faoliyatingiz davomida oʻzgalar tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisidan noqonuniy foydalanish holatlariga yoʻl qoʻymang! Oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.