Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni haqida keng tushunchalar berildi.


Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan tibbiyot muassasalari xodimlari hamda umumtaʼlim maktablari o'qituvchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ularning mehnatga doir huquqlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. 

Xuddi shunday tadbirlardan biri Qamashi tuman  tibbiyot birlashmasida o'tkazildi.
Qamashi tuman adliya bo'limi tomonidan  o'tkazilgan ushbu targ'ibot tadbirida O'zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi va O'zbekiston  Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni haqida keng tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida "O'zbekiston  Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, Referendum o‘tkazishning huquqiy asoslari haqida ham tushunchalar berildi.