Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bolani boshqa maktabga ko‘chirish tartibi


Ota-onalar o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.

Buning uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish lozim:

1. Farzand ta’lim olayotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi. Arizada farzandini boshqa maktabga o‘tkazish sabablari ko‘rsatiladi.

  • Mazkur ariza 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘qish ko‘chirilayotgan maktabga taqdim etish uchun tegishli shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.

2. O‘qish ko‘chirilayotgan maktab direktoriga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

  • Arizaga maktabdan ketish taloni va yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma ilova qilinadi.
  • O‘qish ko‘chirilayotgan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olingan kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’lim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini berishi lozim.

3. Farzand o‘qiyotgan maktab direktoriga maktabga kelish talonini berish lozim.

  • Bunda shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

4. Hujjatlarni o‘qish ko‘chirilayotgan maktab direktoriga topshirish lozim. Bunda shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.

  • Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
  • Sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan taqdirda, maktab direktori o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilinishi mumkin.